🇺🇿 TIFT faxri — E’zoza Qo’chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi!
Quvonchli va faxrli xabar! TIFT universiteti talabasi E’zoza Qo’chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
🇺🇿 Bu yuksak yutuq — E’zozaning bilimga bo‘lgan intilishi, mehnati, izlanishi va qat’iyatining yorqin natijasidir. Prezident stipendiyasi — faqat bilimli, faol va maqsadli yoshlar uchun beriladigan eng nufuzli e’tiroflardan biridir.
E’zozaning aytishicha, o‘qishni boshlagan paytlarida ko‘plab odamlar unga:
“Xususiy universitetda o‘qib bunday yuksak natijalarga erishib bo‘lmaydi” — degan fikrlarni bildirgan. Ammo, u bu stereotiplarga emas, o‘z maqsadi, mehnati va bilimga bo‘lgan ishonchiga tayandi.
Biz E’zozaning ota-onasi va ta’lim bergan ustozlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz!
TIFT — yutuqlar boshlanadigan ilm maskani.
Aloqa markazi:
+998712029229
@tiftyordam
Copyright © 2026 TIFT. Barcha huquqlar himoyalangan.