Xalqaro Talabalar kuni bilan tabriklaydi!

Xalqaro Talabalar kuni bilan tabriklaydi!

International-Students-Day
TIFT News

Xalqaro Talabalar kuni bilan tabriklaydi!

Aziz talabalar!

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti sizlarni 17-noyabr — Xalqaro Talabalar kuni bilan tabriklaydi!

Talaba — bu orzulari katta, intilishlari cheksiz, kelajak uchun mas’uliyatni bugundan o‘z zimmasiga olgan avloddir. Sizning har bir qadamingizda mehnat, izlanish, yangilikka intilish va o‘z ustida ishlash madaniyati mujassam.

TIFT universiteti sizning har bir yutug‘ingizdan faxrlanadi, har bir g‘oyangizni qo‘llab-quvvatlaydi va kelajagingizni yaratishda doim yoningizda bo‘ladi.

Siz — TIFTning buguni, siz — mamlakatning ertangi kuni, ota-onangiz orzu-umidisiz, eng muhimi, siz — kelajak bunyodkorlarisiz!

Bayramingiz muborak, aziz TIFT talabalari! Yangi marralar, yorqin g‘alabalar va cheksiz imkoniyatlar sizni kutmoqda.

TIFT HAR BIRINGIZNI YUKSAK QARDLAYDI!