TIFTda ilhombaxsh uchrashuv
29 November 2025 2026-01-28 13:27TIFTda ilhombaxsh uchrashuv
TIFTda ilhombaxsh uchrashuv: Muhammadali Eshonqulov talabalarimiz bilan
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida yoshlar orasida katta obro‘-e’tibor qozongan tadbirkor, spiker va bir nechta muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi — Muhammadali Eshonqulov bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
U — Yuksalish maktablari, Yuksalish leaders academy kabi platformalar asoschisi bo‘lib, bugungi kunda yoshlarni rivojlantirish, biznes tafakkurini shakllantirish va yetakchilik kompetensiyalarini oshirish borasida faoliyat yuritadigan yo‘lboshchilardan biridir.
Uchrashuv davomida talabalarimiz bilan shaxsiy rivojlanishning zamonaviy va samarali usullari, muvaffaqiyat formulasi, yetakchilik va mas’uliyatning asl mazmuni, biznesda va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish mexanizmlari hamda uztoz-shogird an’analari, manfaatli ilm olish kabi mavzularda qimmatli fikr-mulohazalar bo‘lishildi.
Talabalarimiz o’zlarining har bir savollariga aniq, ilhomlantiruvchi va amaliy misollar bilan boyitilgan javoblar olishdi.
Bu uchrashuv TIFT talabalarining dunyoqarashi, motivatsiyasi va kasbiy rivoji uchun yana bir katta qadam bo‘ldi.