Prezident stipendiyasi sovrindori

TIFT faxri — E’zoza Qo’chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi!

TIFT-is-a-place-of-knowledge-where-success-begins
TIFT News

TIFT faxri — E’zoza Qo’chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi!

🇺🇿 TIFT faxri — E’zoza Qo’chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi!

Quvonchli va faxrli xabar! TIFT universiteti talabasi E’zoza Qo’chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

🇺🇿 Bu yuksak yutuq — E’zozaning bilimga bo‘lgan intilishi, mehnati, izlanishi va qat’iyatining yorqin natijasidir. Prezident stipendiyasi — faqat bilimli, faol va maqsadli yoshlar uchun beriladigan eng nufuzli e’tiroflardan biridir.

E’zozaning aytishicha, o‘qishni boshlagan paytlarida ko‘plab odamlar unga:
“Xususiy universitetda o‘qib bunday yuksak natijalarga erishib bo‘lmaydi” — degan fikrlarni bildirgan. Ammo, u bu stereotiplarga emas, o‘z maqsadi, mehnati va bilimga bo‘lgan ishonchiga tayandi.

Biz E’zozaning ota-onasi va ta’lim bergan ustozlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz!

TIFT — yutuqlar boshlanadigan ilm maskani.

Aloqa markazi:

+998712029229
@tiftyordam