TIFT Universiteti Malayziyadagi Nufuzli Universitet Bilan Hamkorlikni Yo‘lga Qo‘ydi

TIFT Universiteti Malayziyadagi Nufuzli Universitet Bilan Hamkorlikni Yo‘lga Qo‘ydi

Established Cooperation with Another Image
TIFT News

TIFT Universiteti Malayziyadagi Nufuzli Universitet Bilan Hamkorlikni Yo‘lga Qo‘ydi

TIFT Universiteti delegatsiyasining navbatdagi rasmiy tashrifi Malayziyadagi UCSI Universitetida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashrif doirasida universitet ta’sischisi Azizbek Hakimov boshchiligidagi jamoa hamda UCSI Universitetining o‘quv ishlari va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rohana Binti Yusof, xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Ervina Gafar va boshqa rasmiy shaxslar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi:
✅ Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlari
✅ Talabalar uchun qo‘shma yozgi va qishki maktablar tashkil etish
✅ Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish

Shuningdek, ushbu tashabbuslarni rasmiylashtirish uchun me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va tasdiqlash, hamkorlikni tez fursatda yo‘lga qo‘yish uchun esa yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, UCSI Universitetining vitse-kansleri Rohana Binti Yusof TIFT Universitetining tashabbuslarini yuqori baholab, ushbu hamkorlikni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

📌 Ma’lumot uchun:
UCSI Universiteti QS xalqaro reytingiga ko‘ra dunyoning eng nufuzli 300 ta universiteti qatoriga kiradi va jahonning eng yaxshi 1% universitetlari ro‘yxatida joylashgan.