«Xonatlas» Festivali

«Xonatlas» Festivali

Xonatlas-festival-image
TIFT News

«Xonatlas» Festivali

Joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent Xalqaro Moliya Menejmenti va Texnologiyalar Universitetida «Xonatlas» festivali bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning barcha xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Festival doirasida “Millat mujassam – xalq ichida” nomli ma’naviy tadbir tashkil etildi. Bu tadbir sadoqat va zamonaviylikni, milliy matolar – satin, adras, shuningdek, mahalliy va san’atkorlik jihatlarini o‘zida mujassam etdi.

Milliy matolardan – satin, adras, snayp, banoraz tikilgan nafis liboslar kiygan ayollar va qizlarning yuzlaridagi quvonch festivalga o‘zgacha bahoriy kayfiyat bag‘ishladi.

Festival doirasida «Hon Atlas» chellenji va flashmob musobaqalari ham tashkil etildi!

Aziz ayollar, go‘zal qizlar! Milliy nafislik va go‘zallik doimo sizni bezasin! 💐✨