📢 TIFT Talabalari Diqqatiga!
25 January 2024 2025-04-13 18:58📢 TIFT Talabalari Diqqatiga!
TIFT Universiteti va ICCCM markazi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida Study Tour loyihasi doirasida Malayziya, Indoneziya va Xitoyda qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.
📅 O‘quv kurslari davomiyligi – 2 hafta
📆 O‘tkazilish vaqti – mart, aprel va may oylarida
🎯 Kursning afzalliklari:
✅ Xalqaro sifat standartlariga mos ta’lim olish
✅ Til darajasini oshirish
✅ Mustaqil fikrlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirish
✅ Yangi do‘stlar orttirish
✅ Kelajakdagi akademik va kasbiy muvaffaqiyatlarga yo‘l ochish
📌 Ishtirok etish shartlari:
🔹 TIFT talabasi bo‘lish (kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shaklida)
🔹 Fanlardan yuqori akademik natijalarga ega bo‘lish
🔹 Ingliz yoki rus tilini mukammal bilish (kamida IELTS 5 yoki B1 daraja)
🔹 Xalqaro pasportga ega bo‘lish
🔹 O‘qish va sayohat xarajatlarini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lish
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Xalqaro hamkorlik va reytinglar bo‘limi