TIFT Universiteti va Utara Malayziya Universiteti Hamkorlik Kelishuviga Erishdi
21 November 2023 2025-04-13 19:14TIFT Universiteti va Utara Malayziya Universiteti Hamkorlik Kelishuviga Erishdi

TIFT Universiteti va Utara Malayziya Universiteti Hamkorlik Kelishuviga Erishdi
TIFT Universiteti delegatsiyasi Utara Malayziya Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida delegatsiya Utara Universitetining Turizm fakulteti dekani professor Kamal Izuwan va dekan o‘rinbosari professor Muhamad Fauzi tomonidan kutib olindi. Avvaliga mehmonlar universitetning 1061 gektarlik kampusida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan tanishdilar.
Shuningdek, ushbu tashrif doirasida TIFT Universiteti jamoasi Utara Universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-kansleri professor Arpah Abu Bakar, Biznes boshqaruvi fakulteti dekani professor Shuhymee Ahmed va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.
🔹 Uchrashuv davomida muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
✅ O‘qituvchilar va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini yaratish va rivojlantirish
✅ Ilmiy jarayonda hamkorlik qilish, kelgusida ilmiy va amaliy loyihalarni rejalashtirish
✅ Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish
✅ O‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish
✅ Talabalar uchun yozgi va qishki maktablar tashkil etish
📌 Ma’lumot uchun:
Utara Universiteti 1984-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda quyidagi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallaydi:
🏆 QS World University Rankings – 481-o‘rin
🏆 Times Higher Education (THE) Ranking – 401-500-o‘rin
🏆 Janubi-Sharqiy Osiyo universitetlari ichida – 20-o‘rin
🏆 Malayziya oliy ta’lim muassasalari ichida – 3-o‘rin
Bu hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.