Biznesni rivojlantirish banki Boshqaruvi raisi TIFT talabalari bilan uchrashdi!

Biznesni rivojlantirish banki Boshqaruvi raisi TIFT talabalari bilan uchrashdi!

The-Chairman-of-the-Board-of-the-Business-Development-Bank-met-with-TIFT-students
TIFT News

Biznesni rivojlantirish banki Boshqaruvi raisi TIFT talabalari bilan uchrashdi!

Biznesni rivojlantirish banki Boshqaruvi raisi TIFT talabalari bilan uchrashdi!

Biznesni rivojlantirish banki Boshqaruv raisi Saxi Annaklichev ishtirokida talabalarimiz bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarimizga shaxsiy rivojlanish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va texnologiyalar bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, bank tizimidagi islohotlar, sun’iy intellektni joriy etish, raqamli moliya, fintex loyihalari hamda kelgusidagi strategik rejalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirning yana bir muhim qismi — TIFTning 130 nafar talabalariga maxsus ishlab chiqilgan VISA kartalarining topshirilishi bo‘ldi. Mazkur kartalar aynan TIFT talabalari uchun yaratilgan bo‘lib, ularga universitetimiz logotipi ham tushirilgan. Bu esa hamkorligimizning yangi bosqichi va talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklarni ifodalaydi.

TIFT talabalari uchun ushbu uchrashuv — amaliy bilim, motivatsiya va yangi imkoniyatlar sari muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Biz yoshlarga sifatli ta’lim va real tajriba berishda davom etamiz!