TIFT va CMI hamkorligi
3 December 2025 2026-01-28 13:21TIFT va CMI hamkorligi
TIFT va CMI hamkorligi — Talabalarimiz uchun yangi davr boshlandi!
Hurmatli talabalar va ularning qadrli ota-onalari! Bugun sizlar bilan TIFT tarixidagi eng katta yutuqlardan biri bilan o‘rtoqlashamiz.
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda ilk bor Buyuk Britaniyaning eng nufuzli boshqaruv va liderlik instituti — “Chartered Management Institute (CMI)”ning rasmiy a’zoligiga qabul qilindi!
CMI — butun dunyoda tan olingan, boshqaruv standartlarini shakllantiradigan, eng kuchli menejerlarni yetishtiradigan professional institut. CMI diplomi “xalqaro liderlik pasporti” sifatida qabul qilinadi.
CMI dasturini bitirgan TIFT talabalari:
- Chartered Manager maqomiga ega bo‘ladi;
- IBM, PwC, EY, KPMG kabi global kompaniyalar uchun raqobatbardosh mutaxassisga aylanadi;
- Statistikaga ko‘ra, bitiruvchilarning 3 tadan 2 tasi 6 oy ichida ishga joylashadi
Ushbu ta’lim odatda pullik bo‘lsa-da, TIFT o‘z talabalarining global muvaffaqiyati uchun 250 nafar talabani CMI tizimida butunlay BEPUL o‘qitadi. Bu — O‘zbekistonda xususiy va davlat universitetlari orasida birinchi va yagona tashabbus.
Shuningdek, talabalarimizda ushbu dasturni bitirgandan so’ng Buyuk Britaniyaning 250 dan ortiq universitetlari diplomini olish imkoniyati yaratiladi. Bu nafaqat universitetimiz uchun, balki har bir TIFT talabasi uchun xalqaro darajadagi ulkan yutuq demakdir.
TIFT — global fikrlaydigan, kuchli, zamonaviy liderlarni tayyorlaydi.