TIFTda “Dodson AI” MChJ bilan hamkorlikda zamonaviy “LMS” ishga tushirildi
8 August 2025 2025-12-22 11:46TIFTda “Dodson AI” MChJ bilan hamkorlikda zamonaviy “LMS” ishga tushirildi
TIFTda “Dodson AI” MChJ bilan hamkorlikda zamonaviy “LMS” ishga tushirildi
Mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar iniversiteti (TIFT)da “Dodson AI” MChJ bilan hamkorlikda ta’limning barcha jarayonlarini raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy “Learning Management System” (LMS) tizimi muvaffaqiyatli ishga tushirildi.
Yangi LMS platformasi talaba, professor-o‘qituvchilar va ma’muriyat uchun yagona raqamli ta’lim muhitini yaratib, akademik faoliyat jarayonlarini boshqarish, turli ko’rinishdagi imtihonlar o‘tkazish, avtomatlashtirilgan baholash, o‘quv jarayonini tahlil qilish, talabalar fikrini o’rganish hamda Talaba-O’qituvchi-Rektorat o’rtasidagi samarali muloqotni ta’minlaydi.
Mazkur loyiha haqida “Dodson AI” MChJ rahbari Sardor Boisov quyidagilarni ta’kidladi:
“LMS tizimining joriy etilishi TIFTda ta’limni zamonaviy talablar asosida tashkil etish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bizning maqsadimiz — raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo’llash orqali sifatli, shaffof va samarali ta’lim muhitini yaratishdir. Bizning loyihamiz oliy ta’lim qulayligini yanada oshirayotganligi, biz uchun faxrlanadigan holatdir”.
Yangi LMS tizimining ishga tushirilishi universitetning raqamli transformatsiya strategiyasida muhim o‘rin tutib, talabalarni raqamli iqtisodiyot talablariga mos mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.