Logistika

Course Logistics Image

KURS KODI

61010400

KURS DAVOMIYLIGI

Kunduzgi ta’lim: 4 yil
Sirtqi ta’lim: 5 yil

TA’LIM NARXI / YILIGA

Kunduzgi ta’lim: 15 000 000 so‘m
Sirtqi ta’lim: 12 000 000 so‘m

TA’LIM YILI

2025-yil Sentyabr

FANLAR O‘QITILADI

O‘zbek va Rus tillarida

TA’LIM SHAKLI

Kunduzgi, Sirtqi

Bakalavr

Logistika

Logistika ta'lim yo'nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi — bu talabalarni logistika, ta'minot zanjiri, transport va tarqatish tizimlarini samarali boshqarish bo‘yicha tayyorlovchi ta'lim dasturidir. Ushbu ta'lim yo‘nalishi, biznes va sanoat sohalarida mahsulotlar va resurslarni optimal tarzda harakatlantirish, ularni ta'minot zanjiri va inventarizatsiya boshqaruvi orqali samarali boshqarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Logistika bo‘yicha bakalavr dasturi, talabalarni mahsulotlarning ishlab chiqarilishidan tortib, oxirgi iste'molchiga yetkazilishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tushunish va boshqarish uchun tayyorlaydi. Dastur davomida talabalar mahsulotlar va xizmatlarni ta'minot zanjirida boshqarish, transport tizimlari, omborlar, yuklarni yetkazib berish, va ta'minot zanjirining samaradorligini oshirish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, iqtisodiy va moliyaviy tahlillar, muammolarni hal qilish va risklarni boshqarish ko‘nikmalari ham rivojlantiriladi.

Asosiy Modullar

1.      Logistika va ta'minot zanjiri asoslari (Supply chain management)
2.      Transport tizimlari va logistika
3.      Ombor va inventarizatsiya boshqaruvi (Warehouse management)
4.      Lojistikada axborot texnologiyalari
5.      Strategik logistika va boshqaruv
6.      Risklarni boshqarish va xavfsizlik
7.      Xalqaro logistika
8.      Logistika va iqtisodiy tahlil
9.      Logistika va marketing
10.  Mahsulot va xizmatlarni tarqatish