Xalqaro Munosabatlar
1 January 2025 2025-05-06 14:57Xalqaro Munosabatlar

KURS KODI
KURS DAVOMIYLIGI
Sirtqi ta’lim: 5 yil
TA’LIM NARXI / YILIGA
Sirtqi ta’lim: 11 000 000 so‘m
TA’LIM YILI
FANLAR O‘QITILADI
TA’LIM SHAKLI
Bakalavr
Xalqaro Munosabatlar
Xalqaro munosabatlar ta'lim yo'nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi — bu global siyosat, davlatlararo aloqalar, xalqaro tashkilotlar faoliyati va diplomatik jarayonlarni chuqur o‘rganish orqali talabalarga zamonaviy dunyoda faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etuvchi yo‘nalishdir. Ushbu dastur xalqaro siyosatning nazariy va amaliy jihatlarini, geosiyosiy masalalar, global xavfsizlik va iqtisodiy integratsiya kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabalarni turli davlatlar, tashkilotlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish, boshqarish va shakllantirishga yo‘naltiradi. Dastur nazariy bilimlarni real voqealar va hodisalar bilan bog‘lab, mustaqil fikrlash va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Asosiy Modullar
1. Xalqaro munosabatlar nazariyasi
2. Diplomatiya asoslari
3. Xalqaro tashkilotlar
4. Global iqtisodiyot
5. Geosiyosat va strategik tadqiqotlar
6. Xalqaro huquq
7. Mintaqaviy tadqiqotlar
8. Tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati