Kadastr

KURS KODI

60721700

KURS DAVOMIYLIGI

Kunduzgi ta’lim: 4 yil
Sirtqi ta’lim: 5 yil

TA’LIM NARXI / YILIGA

Kunduzgi ta’lim: 15 000 000 so‘m
Sirtqi ta’lim: 12 000 000 so‘m

TA’LIM YILI

2025-yil Sentyabr

FANLAR O‘QITILADI

O‘zbek va Rus tillarida

TA’LIM SHAKLI

Kunduzgi, Sirtqi

Bakalavr

Kadastr

Kadastr ta'lim yo'nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi — bu yer resurslarini boshqarish, yer uchastkalarini hisobga olish, ularning huquqiy maqomi va texnik holatini aniqlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydigan ta’lim dasturi. Ushbu yo‘nalish yer, bino va inshootlarning ro‘yxatga olinishi, kartografiya, geodeziya, shuningdek, kadastr tizimlarini boshqarish masalalariga yo‘naltirilgan.

Asosiy Modullar

1.      Kadastr tizimiga kirish
2.      Geodeziya va yer o‘lchash
3.      Kartografiya va GIS texnologiyalari
4.      Yer resurslarini boshqarish
5.      Kadastr qonunchiligi
6.      Topografiya va fazoviy tahlil
7.      Ko‘chmas mulk baholash
8.      Shaharsozlik va rejalashtirish
9.      Ekologik monitoring va yer boshqaruvi
10.  Amaliyot va loyiha ishlari