Nima uchun TIFT?

Nima uchun TIFT?

AKADEMIK MUKAMMALLIK

TIFT Universitetida mukammallik faqat maqsad emas, balki hayot tarzidir. Tajribali professor-o‘qituvchilarning yetakchiligida shakllangan ilg‘or akademik dasturlar bilim chegaralarini kengaytirib, talabalarni tanlagan sohalarida muvaffaqiyatga erishishlari uchun yo‘l ochadi.

CHEKSIZ RIVOJLANISH IMKONIYATLARI

TIFT Universiteti talabalar uchun ilmiy loyihalar, qo‘shimcha mashg‘ulotlar va xorijda ta’lim olish imkoniyatlari orqali dunyoqarashini kengaytirish, stereotiplardan voz kechish hamda shaxsiy va kasbiy jihatdan rivojlanish uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim etadi.

TALABALARGA YONDASHUVCHAN TA'LIM:

TIFT Universiteti har doim talabalar muvaffaqiyatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shaxsiy yordamlashuv, jamoaviy muhitga moslashish va kasbiy yo‘naltirish xizmatlari orqali har bir talabaning shaxsiy va akademik o‘sishi uchun zarur qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilgan.

YARATUVCHILAR JAMOASI

TIFT Universiteti shunchaki bir universiteti emas, balki yangiliklarga intiluvchi va ularni yaratuvchi jamoa maydoni. Bizda dunyoni yanada yaxshiroq joyga aylantirishga intilayotgan talabalar, professorlar va bitiruvchilardan iborat ahil jamoa mavjud.

KELAJAK LIDERLARI

Liderlik – bu intizom va ijodkorlik bilan fikrlash usuli. TIFT Universiteti talabalariga nostandart va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan liderlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan turli usullarni taklif etadi.

GLOBAL IMKONIYATLAR VA ALOQALAR

TIFT Universitetining xalqaro hamkorliklari orqali talabalar olimlar, mutaxassislar va ilg‘or fikrlovchilar jamiyatiga qo‘shilish imkoniyatiga ega. Nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorligimiz natijasida talabalar global ta’lim resurslari va hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Biz bilan birga bo‘ling va professional hamkorligimizning bir qismi bo‘ling!

ISHLAB CHIQARISH (AMALIYOT) BILAN INTEGRATSIYA

TIFT Universiteti talabalariga amaliyot o‘tash, mavjud korxonalar tajribasidan o‘rganish va istiqbolli ish o‘rinlariga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi. Yetakchi bizneslar bilan hamkorliklarimiz tufayli bitiruvchilarimiz nafaqat mehnat bozoriga tayyor, balki yetakchilik lavozimlariga da’vogar bo‘lishlari ham mumkin.

TAJIBALI PROFESSORLAR

TIFT Universitetida nafaqat professor-o‘qituvchilar, balki yetakchi soha mutaxassislari, mentorlar va kompaniya rahbarlari dars beradi. Ularning chuqur nazariy va amaliy tajribasi talabalarimizga yangi cho‘qqilarni zabt etishga ilhom bag‘ishlaydi.

QULAY JOYLASHUV

TIFT Universiteti iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanayotgan va boy madaniy merosga ega hududda joylashgani sababli, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Universitetning qulay joylashuvi amaliyot va ish topish imkoniyatlarini oshiradi.