Xalqaro Munosabatlar

KURS KODI

60310200

KURS DAVOMIYLIGI

Kunduzgi ta’lim: 4 yil
Sirtqi ta’lim: 5 yil

TA’LIM NARXI / YILIGA

Kunduzgi ta’lim: 15 000 000 so‘m
Sirtqi ta’lim: 11 000 000 so‘m

TA’LIM YILI

2025-yil Sentyabr

FANLAR O‘QITILADI

O‘zbek, Rus va Ingliz tillarida

TA’LIM SHAKLI

Kunduzgi, Sirtqi

Bakalavr

Xalqaro Munosabatlar

Xalqaro munosabatlar ta'lim yo'nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi — bu global siyosat, davlatlararo aloqalar, xalqaro tashkilotlar faoliyati va diplomatik jarayonlarni chuqur o‘rganish orqali talabalarga zamonaviy dunyoda faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etuvchi yo‘nalishdir. Ushbu dastur xalqaro siyosatning nazariy va amaliy jihatlarini, geosiyosiy masalalar, global xavfsizlik va iqtisodiy integratsiya kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabalarni turli davlatlar, tashkilotlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish, boshqarish va shakllantirishga yo‘naltiradi. Dastur nazariy bilimlarni real voqealar va hodisalar bilan bog‘lab, mustaqil fikrlash va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Asosiy Modullar

1.      Xalqaro munosabatlar nazariyasi
2.      Diplomatiya asoslari
3.      Xalqaro tashkilotlar
4.      Global iqtisodiyot
5.      Geosiyosat va strategik tadqiqotlar
6.      Xalqaro huquq
7.      Mintaqaviy tadqiqotlar
8. Tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati