Kelajakka qadam
28 September 2026 2026-09-28 16:47Kelajakka qadam
TIFT Universiteti
va "O‘zmilliybank" AJ "Kelajakka qadam" markazi o‘rtasida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
Ushbu kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qaroriga muvofiq yoshlarning bandligini ta’minlash va universitet bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida imzolandi.
Hamkorlik doirasida
- TIFT bitiruvchilarini ishga joylashtirishda qo‘llab-quvvatlash
- "Kelajakka qadam" dasturini amalga oshirish
- Talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish
- Kelajakda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish
Bu hamkorlik talabalarning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlarini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi!