Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti va Koreyaning Kyungvon universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat asosan 3 yo'nalishni qamrab oladi:

  • Kompyuter texnologiyalari
  • Arxitektura
  • Koreys tili

Unga ko'ra, talabalar ushbu yo'nalishlarda 3 yil O'zbekistonda ta'lim olib, 4-yildan tahsillarini Janubiy Koreyada davom ettirishlari hamda ikki mamlakatda teng darajada tan olinadigan diplomga ega bo'lishlari mumkin.

Shu bilan birgalikda, 2 universitet o'rtasida talabalar almashinuvi bo'yicha ham loyihalar yo'lga qo'yilmoqda.

Ma'lumot uchun, Kyungvon universitetiga 1997-yilda asos solingan bo'lib bugungi kunda universitetda, san'at va gumanitar fanlar, biznes va ijtimoiy fanlar, til va madaniyat, tibbiyot va salomatlik, muhandislik hamda fan va texnologiyalar kabi yo'nalishlar mavjud.

Sizda ham universitetimiz talabasi bo'lib, o'qishni Koreyada davom ettirish imkoniyati mavjud.

Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!

Murojaat uchun: +998781132999