Biz haqimizda

TOSHKENT XALQARO MOLIYAVIY BOSHQARUV VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

2022-yilda tashkil etilgan Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti yuqori sifatli taʼlim mutaxassislarini tayyorlashga yoʻnaltirilgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritish huquqini beruvchi 046621-sonli litsenziyaga ega. Bizning oliy maqsadimiz, bu - ta'lim jarayonining barcha talabalariga innovatsion ta’lim dasturlarini taqdim etish hisoblanadi. Universitet bitiruvchilari kelajakda innovator, tadbirkor, ijodkor va ishbilarmon bo‘lib yetishadilar. Oliy ta’lim sohasida katta tajribaga ega bo’lgan professor-o‘qituvchilar tarkibi boy va zamonaviy bilim beradilar. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabalar uchun talabgir, keng ta’lim yo’nalishlarini taklif qiladi.

Batafsil

Hujjatlarni taqdim etish

Va universitetimizning bir qismiga aylaning

Hujjatlarni taqdim etish

Ta'lim yo'nalishlari

Filologiya va tillarni o’rganish

Bu dastur davomida talabalar ingliz tilini oʼqitishning ilmiy va amaliy nazariyalari va shu sohada amalga oshirilgan zamonaviy tadqiqotlarni oʼrganadilar. Tilni samarali o'zlashtirishda interaktiv usullar va zamonaviy texnologiyalarni qo'llash orqali talabalarning savodxonlik darajasi oshirib boriladi.

Batafsil

Iqtisodiyot

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo’yicha yo'naltirilgan bu ta’lim yo’nalishi bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va tamoyillari, jahon xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tamoyillarini o‘rganish va tahlil etishga qaratilgan.

Batafsil

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari

Bu yo'nalishda talabalar mantiqiy muammolarni hal qilish, dasturlar uchun kod yaratish va mavjud funktsiyalarni yaxshilashning kreativ usullarini o'rganadilar. Shu orqali talabalar zamonaviy dasturlash tillari, animatsiya, grafik dizayn yo'nalishlari bo'yicha kelajakda nufuzli tashkilotlarda ish joylariga ishga olinishlari mumkin.

Batafsil

Buxgalteriya hisobi va moliya (ACCA dasturi)

Bu yo'nalishda talabalar amaliy buxgalteriya va moliyaviy menejmentga oid nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishadi. Bundan tashqari moliyaviy hisobot, boshqaruv hisoboti, soliqqa tortish, axborot texnologiyalari, strategik rejalashtirish va umumiy menejment sohalarida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beruvchi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Batafsil

Tarix

Tarix fakultetida tahsil olayotgan talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliyot orqali ham mustahkamlaydilar. Malaka amaliyoti davomida talabalar Respublikamizning boshqa tuman va viloyatlaridagi arxeologik qazilmalarda arxeologiya, etnografiya, muzeyshunoslik, arxiv ishi, O'zbekiston tarixi bo'yicha o'quv dasturi doirasidagi safarlarda ishtirok etadilar. Bundan tashqari mamlakatimizning tarixiy maskanlarida doimiy ekskursiyalarga qatnashish imkoniyati beriladi.

Batafsil

Soliq

Soliqlar va soliqqa tortish ta'lim yo’nalishi talabalarga soliqqa tortish bo'yicha keng iqtisodiy bilimlarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Bu mutaxassislik bitiruvchilari ham iqtisodiy, ham huquqiy sohada nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishadi. Bitiruvchilar standart va noodatiy soliq sxemalarini o'rganish va tahlil qilish, soliq bo'yicha maslahat berish va boshqa ko'plab ko'nikmalarga ega bo’lishadi.

Batafsil

Matematika

Matematika fakulteti universitetning aniq fanlar fakultetlaridan biri hisoblanadi. Bu yo'nalish matematika fanini o'qitish bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlaydi va buning uchun zamonaviy, ilmiy-texnikaviy va o‘quv-moddiy bazaga ega, jumladan, o‘quv va ilmiy dasturlar, kompyuter sinflari, bosma va elektron kutubxonalar, va interfaol o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalari bilan ta'minlab beradi.

Batafsil

Arxitektura

Arxitektura ta’lim yo’nalishining asosiy tamoyili nafaqat zamonaviy kompyuter va sanoat uskunalarida ishlashga o'rgatilgan dizaynerlarni tayyorlash, balki keng ko'lamli dizayn va arxitektura xizmatlari sanoatining zamonaviy mintaqaviy va jahon bozoriga qo'shila oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu sohada talabalarning nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari uchun kerakli o'quv-moddiy bazalar va darsliklar bilan ta'minlanadi.

Batafsil

Koreys filologiyasi

Koreys tili fakulteti turli darajadagi koreys tili ta'limi orqali murakkab muloqot qobilyatiga ega bo'lgan global iqtidorlarni tayyorlashni maqsad qilgan. Koreys tilini o'rganish nafaqat Koreya va Osiyo, balki butun dunyoda ommalashib bormoqda. Bizning fakultetimiz iqtidorli va global muhitga mos keladigan iqtidorli yoshlarni yetishdirishga intiladi.

Batafsil

Pedagogika va psixologiya

Talabalarni umumiy psixologik bilimlarni egallash, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va muloqoti, psixik taraqqiyot qonuniyatlari, shaxsni psixologik metodlar yordamida o’rganishga qaratilgan zamonaviy ilmiy bilimlar bilan qurollantirishga mo’ljallangan. Talabalarda jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisa, holat va jarayonlarning mohiyati, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, shaxs kamoloti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlarini shakllantirishdan iborat.

Batafsil

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Bu yo'nalish sizga moliya va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hozirgi, ertanggi va yaqin kelajakdagi bilim va ko'nikmalarni o'rgatadi. Bu sizning yuqori haq to’lanadigan ish o’rinlarida sizning nomzodingiz ko'rib chiqilishi uchun katta imkoniyat beradi. Bu yo'nalish sizga moliyaviy mutaxassis sifatida kerak bo'ladigan asosiy bilimlarni beradi. Moliya bo'yicha asosiy bilimlardan tashqari, siz kelajakdagi ish beruvchilar talablariga to'liq javob beradigan yetakchilik, menejment va muloqot qobiliyatlarini egallashingiz mumkin bo'ladi.

Batafsil

Bank ishi va auditi

Moliya bozorida o'z o'rniga ega bo'lishni istaganlar uchun ushbu o'quv dasturimizni taklif etamiz. Bank xizmatlari sohasida nufuzli hisoblanadigan ushbu mutaxassislikni o'zlashtiring va kredit operatsiyalari, hisob-kitob-kassa xizmatlari va moliyaviy menejmentning barcha bilim va ko'nikmalariga ega bo'ling. Nafaqat O'zbekiston balki butun dunyoda eng yirik banklaridan birida o’zingizning o’rningizni egallash imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

Batafsil

Menejment

Menejment yo’nalishi talabalarimizga bugungi kunda sohalar tarmog'ida kerakli hisoblanib davlat, aktsionerlik va xususiy korxonalar (firmalar) ishlab chiqarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish funksiyalarini belgilash bo’yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konseptsiyalari asosida ishlab chiqarish va amalga oshirish bilan bo’liq kompleks masalalarni o'rganishni o'z ichiga oladi.

Batafsil

Geodeziya, kartografiya va kadastr

Bu yo'lishning maqsadi talabalarni ilmiy va amaliy ish faoliyatida kartalar tuzish va undan foydalanishni orgatishdan iborat. Dars jarayonida talabalar; - karta va atlaslarni turlari va tiplarini, hamda yaratishda ishlatilayotgan kartografik proektsiyalar va ularni xususiyatlari bilan tanishtirish; - kartografik usullarni mavzuli kartalar tuzishda va relьefni tasvirlashda foydalanish va boshqalar Undan tashqari talabalar topografik kartalar mohiyati, xususiyatlari va dalada topografik-geodezik olchashlarni bajarish metodlari va ulardan ish jarayonida foydalanishni o’rgatishdan iborat. Mashgʼulotlar davomida topografik plan va kartalardan sifat va miqdor ko'rsatkichlarini aniqlash masalalarini, geodezik asboblar va ular bilan ishlash tartibini o’rganadilar. Natijada talabalar topografik kartalarni o’qish, ulardan foydalanish usullarini hamda bevosita geodezik asboblar bilan gorizontal va vertikal burchaklar, masofa, balandliklarni o’lchash, joyni topgrafik planini olish va tuzish ishlarini o’zlashtiradilar.

Batafsil

Turizm

O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda. Turizm sohasi bugungi kunda mamlakatlar o'rtasida katta etiborga sazovor tarmoqlardan biriga aylanib ulgirdi. Mehmonxona ishi, restoran boshqaruvi, va oziq-ovqat servisi kabi yo'nalishlarda bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan mutaxassislarni yetkazib berish bizning fakultetimiz maqsadidir.

Batafsil

O'zbek tili va adabiyoti

Batafsil

Xalqaro munosabatlar

Batafsil

Jismoniy madaniyat

Batafsil

Ta'lim yo'nalishlari - Magistratura

Pedagogika va psixologiya

Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning tarkibiy qismlari, pedagogika va psixologiya mutaxassisligining shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi omillar, yagona pedagogic jarayon va uning mohiyati, didaktika, ta’lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish shakllari, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish, tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy metodlari, tarbiya turlari mazmuni, mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va vositalari, ta’lim muassasalarini boshqarish, korrektsion pedagogika asoslarini o’z ichiga qamrab oladi.

Batafsil

Iqtisodiyot

Talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo’lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko’maklashish, ular ongiga milliy istiqlol g’oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish, iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to’g’risida amaliy ko’nikmalarni hosil qilish.

Batafsil

Xorijiy til va adabiyoti

Fanni o‘qitishdan maqsad-chet tilni ihtisoslik maqomida o‘rganadigan talabalardan, shu tilda ijod qilgan yozuvchilar hayoti, ular yaratgan asarlaridan bohabar bo’lish talab etiladi. Fanning vazifasi - Angliya va Amerika adabiyoti namoyondalari hayoti, hamda ularning asarlarini tahlil qilishni o’rgatishdan iborat. Talabalar ingliz adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi hamda ularning asarlari, ingliz adabiyotining rivojlanish davrlari haqida bilimlar bilan tanishadilar. Talabalar dastur davomida inglizzabon mamlakatlar adabiyotining milliy xususiyatlari va ularning o‘zaro bog‘liqligini tushunishadilar, ingliz adiblari asarlarini o‘rganish va adabiy tahlil qila oladilar va ingliz adabiyoti tarixi bo‘yicha olgan ma’lumotlar natijalarini referat, maqola, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarda taqdim eta oladilar.

Batafsil

Hujjatlarni taqdim etish

Va universitetimizning bir qismiga aylaning

Hujjatlarni taqdim etish

Yangiliklar

Yangilik Toshkentda ya’na bir oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo’lga qo’yildi.

Yangilik Toshkentda ya’na bir oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo’lga qo’yildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetiga 046621-sonli litsenziya taqdim etildi. Qabul 10ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha amalga oshiriladi.

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti va Koreyaning Kyungvon universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat asosan 3 yo'nalishni qamrab oladi: Batafsil

TIFT Universiteti bilan Koreyada o'qish imkoniyati

Yangi universitetda o'qib ta'limni Koreyada davom ettirishni istaysizmi? Batafsil

Media